O‘zbekiston IT eksporti 5 yilda 1 mlrd dollarga yetdi

1 daqiqa o'qish352
O‘zbekiston IT eksporti 5 yilda 1 mlrd dollarga yetdi
So‘nggi besh yil ichida O‘zbekistonning IT xizmatlari eksporti 170 million dollardan 1 milliard dollargacha oshdi, deb Kursiv Media xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga raqamli texnologiyalar rivojiga bag‘ishlangan taqdimotda ma’lum qilinishicha, mamlakat startaplari 70 million dollarlik venchur investitsiyalarni jalb qilgan. Shuningdek, IT sohasida ishlayotgan 40 ming nafar yosh yuqori maosh olayotgani ta’kidlangan.

IT Park rezidentlari soni 2,8 ming nafardan oshdi, ulardan 752 nafari xorijliklardir.

Prezentatsiyada ta’kidlanishicha, mamlakat sun’iy intellektga tayyorgarlik bo‘yicha xalqaro indeksda 17 pog‘onaga yuqorilab, Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egallagan. Shuningdek, O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasi o‘sish sur’ati bo‘yicha MDH davlatlari orasida yetakchiga aylangan.

Mirziyoyevga 2026 yilgacha sohani rivojlantirish rejalari ham taqdim etildi. Davlat xizmatlarini raqamlashtirish darajasi 70 foizga yetkazilishi, IT xizmatlar bozori hajmi 100 trln so‘mgacha oshirilishi kutilmoqda. Kelasi yili mamlakat elektron hukumat indeksida 63-o‘rindan 55-o‘ringa ko‘tarilishi mo‘ljallanmoqda.

Prezentatsiyada, shuningdek, O‘zbekistonda ishlash uchun relokantlarga yaratilgan imtiyozlar, hududlarda xorijiy kompaniyalar uchun qulay sharoitlar yaratish muhimligi qayd etildi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?