21:04 / 26.02.2017
7 094

O‘zbekistonda homiladorlik va tug‘ish ta’tillari kuni uzaytiriladi

O‘zbekistonda homiladorlik va tug‘ish ta’tillari kuni uzaytiriladi

2017 yil 22 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha 2017-2019 yillar uchun Bosh kelishuv imzolandi, deb yozmoqda Kun nashri.

Bosh kelishuv:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan – Bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Narbaeva;

xodimlar tashkilotlari nomidan – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi raisi Qudratilla Rafikov;

respublika ish beruvchilar birlashmalari nomidan – O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxovlar tomonidan imzolandi.

Bosh kelishuvda jamoa shartnomalariga ayollar va yoshlar uchun qo‘shimcha kafolatlarni, shu jumladan:

homiladorlik va tug‘ish ta’tillari kunini uzaytirish;

bolali ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish va qisqartirilgan ish vaqtini o‘rnatish;

kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilariga mehnat munosabatlari sohasida qo‘shimcha imtiyozlar o‘rnatish;

uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish, uy-joy qurilishi, shuningdek safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni o‘tashga haq to‘lash uchun yosh xodimlarga foizsiz ssudalar berish imtiyozlarini kiritish tavsiya etildi.

Bosh kelishuv bilan ijtimoiy muloqot va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish choralari va bu boradagi ayrim qoidalar belgilab qo‘yildi.

Jumladan, dolzarb ijtimoiy iqtisodiy masalalarni muhokama qilish uchun har yili kasaba uyushmalari faollari va ish beruvchilarning Hukumat, vazirliklar, idoralar vakillari bilan davra suhbatlarini tashkil etib borish, ijtimoiy-mehnat munosabatlarini jamoa shartnomalari asosida tartibga solish amaliyotini kengaytirishga yordam berish, tashkilotlarda xodimlar vakillarining erkin faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashish rejalashtirilmoqda.

Yagona muzokara jarayonini tadbiq qilish maqsadida tegishli kasaba uyushmalari va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o‘rtasidagi tarmoq (tarif) kelishuvlarini - tegishli yilning yanvar oyidan, korxona, tashkilot, muassasalarda jamoa shartnomalarini esa – mart oyidan kechiktirmay tuzish tavsiya etildi.

Bosh kelishuvning barcha bo‘limlarida Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga, uning konvensiya va tavsiyalarini amaliyotga tadbiq etishga e’tibor qaratilgan.

Jumladan, XMTning bir qator konvensiyalarini milliy qonun hujjatlariga implementasiya qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, shuningdek malaka oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalarida xalqaro va milliy mehnat standartlariga oid mashg‘ulotlar o‘tkazish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek vazirliklar, idoralar, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlarining Xalqaro mehnat tashkilotining asossoluvchi konvensiyalariga rioya etishga doir choralari tizimini har yili tahlil qilish belgilab qo‘yildi.

Ayollar va yoshlarga qo‘shimcha imtiyozlar berilishini nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizasiyadan o‘tkazish va Xalqaro Mehnat Tashkiloti Konvensiyalariga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi nuqtai-nazaridan qayta ko‘rib chiqish hamda ularga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish yoki yuqoridagilarga zid me’yorlarni bekor qilish yuzasidan takliflar berish tavsiya etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda homiladorlik va tug‘ish ta’tillari kuni uzaytiriladi