08:24 / 07.03.2017
7 042

Toshkent chorrahalaridagi kameralar 15 martdan jarima yozishni boshlaydi

Toshkent chorrahalaridagi kameralar 15 martdan jarima yozishni boshlaydi

Toshkent shahridagi 115 ta chorrahaga harakatlanish xavfsizligi yo‘nalishidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida video kuzatuv moslamalari o‘rnatilgan edi. Yangi tizim onlayn tizimida ish boshlagan va biz ushbu texnik moslamalar to‘liq ishga tushib, sinov tariqasida faoliyat ko‘rsatayotgan edi, deb yozadi Kun nashri.

Endilikda, shu yilning 15 mart kunidan e’tiboran ushbu videokameralar tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun haydovchilarni jarimaga tortish mexanizmi sinov tariqasida ishga tushiriladi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Xolmatjon Saydaliev ma’lum qildi.

Shu bilan birga, kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun jarima to‘lash haqidagi qaror chiqarilgach, avtomobil egasi 60 kun ichida mablag‘ni to‘lashi kerak bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, 15 martdan e’tiboran kameralar qayd qilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha jarima qog‘ozlari transport vositasining egasiga yuboriladi. Agar, transport vositasining egasi avtomobilni ijaraga berganini isbotlasa, mashinani boshqargan kishi jarimani ado etishi talab etiladi. Yuridik shaxslarga tegishli avtomobillar qoida buzgani aniqlansa, o‘sha transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsga jarima solinadi.

“Sinov tariqasida ishga tushirilishining sababi shundaki, bu yangilik bizda ilk bor qo‘llanilayapti. 15 mart kunidan boshlab qoidabuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror transport vositasining mulkdoriga jo‘natilaveradi. Aynan mana shu ish jarayonida tizimdagi texnikalarning ishlashini nazorat qilib olamiz. Yuzaga keladigan muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘ramiz”, - IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i.

Chorrahalardan olingan barcha ma’lumotlar Markaziy dispetcherlik xizmatiga uzatiladi va bu erdagi elektron tablo hamda videomonitorlarga chiqariladi.

Tizimga kiritilgan chorrahalardagi svetoforlar ham detektorlardan harakat oqimi to‘g‘risida olingan ma’lumotlarni qayta ishlash orqali avtomatik tarzda boshqariladi.

Shuningdek, svetoforlar ish faoliyatini optimallashtirish natijasida yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati oshiriladi. Natijada transport vositalarining chorrahalar oldida to‘xtab turishini 20-25 foizga, transport vositalari dvigatellaridan chiqayotgan zaharli gazlarni 5-10 foizga, yonilg‘i sarfini 5-15 foizga kamayishi hisobiga shahardagi ekologik holat ancha yaxshilanadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi 39ta chorrahada kameralar sinov tariqasida qoidabuzarliklarni 2016 yil boshidan qayd etib kelayotgan edi. 2017 yil 9 fevralida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IIV xodimlari bilan uchrashuvida Toshkent chorrahalaridagi videokuzatuv tizimini qisqa muddatda ishga tushirish vazifasini topshirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent chorrahalaridagi kameralar 15 martdan jarima yozishni boshlaydi