2017 yil 16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2017 yil 18 mart shanba dam olish kunini 2017 yil 20 mart dushanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.
Unga ko‘ra, aholiga ketma-ket 3 kun davomida dam olish uchun sharoit yaratib berilgan.
Ammo 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan muassasalar xodimlari yakshanba kuni ishga chiqadi. Bu haqda manbalarga asoslanib «Kun.uz» ma’lum qildi.
O‘zbekiston bosh vazirining tegishli farmoyishiga ko‘ra, Moliya vazirligi sohasidagi tashkilotlar, banklar, jumladan Markaziy bank va barcha tijorat banklari xodimlari, shuningdek, soliq idoralari xodimlari uchun 19, 20 va 26 mart kunlari ish kuni deb e’lon qilingan.
«2017 yil mart oyi ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida bank tizimi, moliya hamda soliq idoralarining ayrim xodimlarini 2017 yil 18, 25 mart shanba hamda 19, 26 mart yakshanba kunlari qonunchilikda belgilangan tartibda ishga jalb qilishga ruxsat etilsin», deyilgan O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov farmoyishida.
Ma’lumot uchun, Mehnat kodeksining 157-moddasida ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi