Samarqand viloyatida 1801ta savdo va servis shoxobchalari terminallarga ega emasligi aniqlandi

  • 22 mart 2017, 12:46
  • 3 875
  • O‘zbekiston
  • Samarqand viloyatida 1801ta savdo va servis shoxobchalari terminallarga ega emasligi aniqlandi
    Samarqand viloyati soliq boshqarmasi viloyatdagi barcha savdo va servis xizmati ko‘rsatuvchi ob’ektlarning inventarizasiyasini o‘tkazdi. Ma’lum bo‘lishicha, mavjud 13579 ob’ektdan 11778tasi yoki 87 foizi terminallarga ega bo‘lib, qolgan 1801tasida terminallar yo‘q.

    Bu haqda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Zafar Norqo‘ziev matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qilgan. Uning qayd etishicha, terminal har qanday sababga ko‘ra mavjud bo‘lmasa, savdo yoki xizmat ko‘rsatish shoxobchasi faoliyat yuritishi mumkin emas. Ko‘p hollarda tadbirkorlar terminallar yo‘qligida banklarni ayblashadi. Ariza topshirib qo‘ygani ularning terminalsiz savdo qilishlariga huquq bermaydi.

    Norqo‘zievning aytishicha, yaqin-yaqinlargacha terminallarni etkazib berish bilan alohida firmalar shug‘ullangan. Endilikda, banklarning o‘zlari ushbu qurilmalarni xarid qilish huquqiga ega bo‘ldi. Bu ham ularning tadbirkorlarga tezroq etkazilishini ta’minlaydi. Banklarning savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini terminallar bilan ta’minlashga ulgurmaganini, shuningdek, tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlarning katta sur’atlarda ko‘payib borayotgani bilan izohlash mumkin. Xususan, 2016 yilda viloyatda 3150ta tadbirkorlik sub’ekti faoliyatini boshlagan.
    Toshpo‘lat Rahmatullaev

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Samarqand viloyatida 1801ta savdo va servis shoxobchalari terminallarga ega emasligi aniqlandi