20:30 / 08.04.2017
5 358

Xalq qabulxonasiga murojaatdan so‘ng namanganlik ayolga 12 million so‘m aliment puli undirib berildi

O‘zbekiston Prezidentining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan ilk sayyor qabul o‘tkazildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi "Daryo.uz" nashri.

Xalq qabulxonasi o‘z ishini boshlaganidan beri 100 dan ortiq murojaat kelib tushdi. Ular huquq-tartibot idoralari faoliyati, bandlik, yo‘l qurilishi, uy-joy, kommunal xizmat, kredit ajratish, nafaqa olish, aliment undirish kabi ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab oladi. Ularning har birini sinchiklab o‘rganib, tegishli korxona va tashkilotlar yordamida hal etishga harakat qilyapmiz.

Eldor Parpiev, O‘zbekiston Prezidentining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri

Jumladan, Navro‘zobodning Hadikent mahallasida 5,4 kilometrga ichimlik suvi quvuri tortish masalasi o‘z echimini topish arafasida. Navkentning Rovot mahallasidagi «Qo‘noqvoy» qabristonida inshootlar tomini yopish uchun 100 ta shifer ajratish yuzasidan murojaat tuman obonlashtirish korxonasi ko‘magida hal etildi.

Zarbdor qishlog‘idagi «Tinchlik» mahallasida yashovchi Munojat Mo‘minovaning ikki farzandi uchun aliment pullarini bir necha yildan beri ololmayotgani haqidagi shikoyati o‘rganilib, jami 12 million so‘mdan iborat qarzdorlik undirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xalq qabulxonasiga murojaatdan so‘ng namanganlik ayolga 12 million so‘m aliment puli undirib berildi