14:03 / 14.04.2017
8 103

Bahodir Yusupaliyev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Bahodir Yusupaliev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 apreldagi farmoni bilan Yusupaliev Bahodir Qahramonovich O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda Daryo.uz xabar bermoqda.

Bahodir Yusupaliev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi departamenti mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Bunga qadar sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Xojiboyev Adbuhakim Mo‘minovich sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bosh direktori etib tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bahodir Yusupaliyev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi