11:31 / 08.11.2017
5 651

O‘zbekistonga Mogerini boshchiligidagi delegatsiya kelmoqda

O‘zbekistonga Mogerini boshchiligidagi delegatsiya kelmoqda
2017 yilning 9 noyabr kuni O‘zbekistonga Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Frederika Mogerini boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Delegatsiya tarkibiga Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo‘yicha Yevropa komissari Neven Mimitsa va boshqa rasmiy shaxslar kiradi.

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining yuqori mansabdor vakillarini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qilishi rejalashtirilgan.

Tashrif dasturiga ko‘ra YeI delegatsiyasi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” mintaqalararo vazirlar uchrashuvida va “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga Mogerini boshchiligidagi delegatsiya kelmoqda