06:40 / 24.02.2018
4 988

Avtotest’ning haydovchilar malakasini oshirish borasidagi monopoliyasi bekor qilindi

Avtotest’ning haydovchilar malakasini oshirish borasidagi monopoliyasi bekor qilindi
Hukumat qarori bilan Avtotest kompaniyasining yuridik shaxslarga qarashli mashinalar haydovchilarining malakasini oshirish bo‘yicha monopoliyasi bekor qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi, deb yozmoqda “Daryo” nashri.

Mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan choralarga qaramasdan hali-hanuz bu borada haydovchilar va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlashni natijadorligini yaxshi deb bo‘lmaydi.

Haydovchilarni malakasini oshirish hukumatning yo‘l harakati havfsizligiga oid strategik chora-tadbirlarining bir qismidir.

Avtotest Report MCHJning avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha erishgan yutuqlari, uning zamonaviy o‘quv-uslubiy texnologiyalardan foydalanilayotganligi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, ushbu qaror bilan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining haydovchilarini malakasini oshirish uning zimmasiga yuklatilgan edi. Buni davlat-xususiy sherikchilikning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida baholash mumkin.

Avtotest Report MCHJ tajribasi, xususiy biznes tashkilotlari ham bu borada sifatli xizmatlar ko‘rsatishi mumkinligini va sohani rivojlantirish uchun navbatdagi qadamni qo‘yish vaqti kelganligini ko‘rsatdi.

Hukumat tomonidan kiritilgan takliflar va Avtotest Report MCHJ tajribasi inobatga olinib, 23 fevraldagi qaror bilan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining haydovchilarini malakasini oshirish bilan 2018 yil 1 iyundan boshlab davlat ta’lim muassasalari, shuningdek, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi belgilandi.

Shuni ta’kidlash kerakki, haydovchilarning yetarli bilim va malakaga ega bo‘lishi nafaqat o‘zlari uchun balki barcha fuqarolarning xavfsizligi uchun nihoyatda muhim. Shu bois, haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash uchun qo‘shimcha litsenziya talablari hamda shartlari o‘rnatildi.

Bundan tashqari, qaror bilan avtotransport vositalarini qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida boshqarayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va boshqa jismoniy shaxslarga malaka oshirish majburiy emasligi belgilab qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Avtotest’ning haydovchilar malakasini oshirish borasidagi monopoliyasi bekor qilindi