Prezident farmoni bilan 2700 mahkum afv etildi, insoparvarlik tamoyili asosida 1932 mahkum ozodlikka chiqarildi. 8835 mahkum manzil koloniyalariga o‘tkazildi. 9462 mahkumga tayinlangan jazo yengilrog‘i bilan almashtirildi. Bu haqda Xalqaro Press klub sessiyasida ishtirok etgan IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Qutbiddin Burhonov ma’lum qildi.
“Ko‘pchilik pushaymonlik arizasi haqida turlicha tushunchaga ega. Shunga aniqlik kiritmoqchiman. Terrorizm-ekstremizm borasida ko‘pchilikda har xil tushunchalar bor.
Toshkentda, respublikamizning bir qancha joylarida portlashlar sodir etildi, qurbonlar bo‘ldi. Farzandlar yetim qoldi. Bugungi davlat siyosati esa, jinoyatchini jazolash emas, balki jinoyatchilikni barvaqt oldini olishdir.
Shu sababli, davlat komissiyasiga jinoyatchining shaxsiyatini atroflicha o‘rganish vazifasi qo‘yildi. Qo‘ni-qo‘shnilar, xotinidan eri haqida, eridan xotini haqida, mahalladagi jamoatchilik fikrlari o‘rganilyapti. Diniy ulamolar tomonidan mahbuslar, maxsus ro‘yxatda turganlar fikrlari o‘rganilyapti. Bugun men ochiq aytaman, O‘zbekistonda 18 mingdan ortiq fuqaro diniy-ekstremistik oqimga doir maxsus hisobdan chiqarildi. Ular barcha o‘zbekistonliklar singari huquq va majburiyatlarga ega bo‘ldi”, - dedi IIV general-mayori Qutbiddin Burhonov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi