Prezident huzurida Maslahat kengashi tuzildi

  • 05 may 2018, 00:13
  • 2 749
  • O‘zbekiston
  • Prezident huzurida Maslahat kengashi tuzildi
    Foto: «President.uz»
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 4 may kuni «Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

    Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etildi.

    Maslahat kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    — davlatning va fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatni yanada jadal va har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini birlashtiruvchi zamonaviy, demokratik hamda ochiq-oshkora maydon sifatida ularning yuqori darajadagi tizimli va samarali muloqotini yo‘lga qo‘yish;

    — o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini aniqlash va milliy modelini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

    — fuqarolik jamiyatini va keng jamoatchilikni tashvishlantirayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish, shuningdek, mazkur sektorning holati va rivojlanish tendensiyasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini muntazam ravishda xabardor qilish;

    — davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligining zamonaviy mexanizmlarini, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish choralarini joriy qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

    — ilmiy va ekspertlar guruhlari ishtirokida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etish yuzasidan tashabbus ko‘rsatish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi davlat siyosati va uning amaliy natijalari haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli ravishda o‘rganish, umumlashtirish va tahlil qilishni tashkil etish;

    — fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mazkur institutlarning jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritish;

    — fuqarolik jamiyatining rivojlanishini, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari bilan hamkorligi darajasini, shuningdek, ularning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini baholovchi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, bu ko‘rsatkichlar asosida davriy va maxsus, shu jumladan muqobil ma’ruzalar tayyorlanishini tashkil etish;

    — fuqarolik jamiyati institutlariga ularning xalqaro hamkorligini rivojlantirishda, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganishda va ushbu tajribani O‘zbekiston sharoitida joriy etishda ko‘maklashish.

    Maslahat kengashi faoliyati bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muvofiqlashtiriladi, faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan amalga oshiriladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Prezident huzurida Maslahat kengashi tuzildi