Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram-kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, 2018 yil 16 noyabrdan iste’mol solig‘ini hisobga olgan holda avtobenzin va dizel yoqilg‘isi chakana narxlari:
- Ai-80 avtobenzinga – 4 000 so‘m/litr;
- Ai-91 avtobenzinga – 4 500 so‘m/litr;
- dizel yoqilg‘isiga – 4 800 so‘m/litr;
- EKO dizel yoqilg‘isiga – 4 900 so‘m/litr etib belgilandi.
2019 yilning 1 yanvaridan boshlab Toshkent shahrining Yunusobod tumanida eksperiment tariqasida quyidagilar joriy etiladi:
- aholi iste’moli uchun elektr energiyasi bazaviy normasi oyiga bir abonentga 300 kVt.soat;
Aholi iste’moli uchun tabiiy gazning bazaviy normasi:
- isitish mavsumi davrida yakka tartibda isitiladigan uylar va kvartiralarda yashaydigan bir abonentga oyiga 1000 kub.m;
boshqa holatlarda bir abonentga oyiga 250 kub.m.
Bunda aholi bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitoblarni amalga oshirganda:
- bazaviy norma doirasida – belgilangan tarif bo‘yicha;
- bazaviy normadan ortgan qismi uchun – belgilangan tarifga 1,2 baravar oshirilgan koeffitsiyent qo‘llaniladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi