2018 yil 22 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mamlakatda ijtimoiy, iqtisodiy, sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.
Majlis kun tartibidagi masalalardan biri «O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 170-moddasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi bo‘ldi.
Qayd etilishicha, mamlakatda chet el valyutasini ayirboshlash erkinlashtirilgandan buyon sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga qaramay, xorijiy valyutaning qonuniy muomalasi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar keskin oshib bormoqda. Masalan, Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillar bu toifadagi jinoyatchilikning keskin o‘sish holatlarini ko‘rsatmoqda: birgina joriy yilning 9 oyida 2 069 ta (2017 yil shu davrida – 1 656) shunday huquqbuzarliklar aniqlangan.
Shuni inobatga olgan holda tayyorlangan qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 170-moddasi, Jinoyat kodeksi 177-moddasining sanksiyasiga o‘zgartish kiritish orqali valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish uchun jazo choralarini belgilash hamda jarimalar miqdorini oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Deputatlarning fikricha, mazkur qonunning qabul qilinishi bu toifadagi huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini kuchaytirishga, aholi tomonidan chet el valyutalarini ayirboshlash shoxobchalari orqali xarid qilish darajasini oshirishga, iqtisodiyotda xufiyona sektorning darajasini kamaytirishga va chet el valyutasining nazoratsiz chiqib ketish yo‘llarini bartaraf etishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi