O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosarlarining e’tibori tegishli vazirliklar, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining birinchi rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari lavozimlariga munosib, o‘z ishini puxta biladigan va zamonaviy fikrlaydigan nomzodlarni tanlashga doir kadrlar bilan ishlashning susaytirilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligiga qaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri A.N.Aripov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi bilan birgalikda 2019 yil 1 martga qadar:
- tegishli davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining bo‘sh lavozimlariga, ushbu lavozimlarga xotin-qizlarni tavsiya etishga alohida e’tibor bergan holda, tayinlash uchun nomzodlar zaxirasini puxta ishlab chiqadi, asoslaydi va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga taqdim etadi;
- mas’ul lavozimlarga xorijda yashayotgan vatandoshlar va xorijiy mutaxassislar orasidan tajribali menejerlarni tayinlash amaliyotini keng joriy etadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi