19:35 / 23.02.2019
4 076

O‘zbekistonni Yevropa mehmonxonalar, restoranlar va kafelar assotsiatsiyasiga taklif qilishdi

O‘zbekistonni Yevropa mehmonxonalar, restoranlar va kafelar assotsiatsiyasiga taklif qilishdi
21 fevral kuni O‘zbekistonning Belgiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Dilyor Hakimov Yevropa mehmonxonalar, restoranlar va kafelar assotsiatsiyasi (HORTEC) bosh ijrochi direktori Kristian de Barri bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.

Yevropa mehmondo‘stlik assotsiatsiyasi (HORTEC) ijroiya qo‘mitasi va Yevropaning 30 davlatida faoliyat yurituvchi 42 ta a’zo-tashkilotdan iborat. Kuzatuvchi mamlakatlar orasida Gruziya, Turkiya va hatto, jug‘rofiy jihatdan Yevropa hududiga kirmaydigan boshqa qator davlatlar bor.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, Yevropa turizmi taraqqiyoti bevosita mehmondo‘stlik an’analari bilan chambarchas bog‘liqdir. Yevropa ittifoqi mamlakatlarida 11,9 million nafar kishi aynan mazkur sohada mehnat qilishi ham buning yorqin dalili sanaladi.

O‘zaro muloqotda tomonlar so‘nggi ikki yilda dunyo sayyohlik sohasining eng hayratga soluvchi trendiga aylanib ulgurgan O‘zbekiston turizm tarmog‘ida amalga oshirilgan islohotlarga yuksak baho berishdi. Jahonda sayyohlik o‘sishi ko‘rsatkichi 7, Yevropada esa 8 foizga yetgani barobarida, mamlakatimizga turistlar oqimi ikki barobar oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Barqaror turizmni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekistonda sayyohlik xizmatlarini yanada takomillashtirish va rivojlantirishda izchil hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishidan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekani aytib o‘tildi.

Buning uchun qisman Yevropa ittifoqi davlatlaridagi soha vakillari tomonidan ko‘p tomonlama manfaatli yondashuv asosida mamlakatimizga kiritiladigan yirik sarmoyalar zarurligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, sayyohlik oqimi, “sun’iy ong” va blokcheynlarni sifatli boshqarishda muhim o‘rin tutuvchi ma’lumot almashinuvi bo‘yicha o‘zaro tadqiqotlar olib boriladi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston oshpazlari assotsiatsiyasi rahbariyati bilan konferens-aloqa o‘tkazilib, unda ikki tomonlama sheriklikni rivojlantirishning kelgusi rejalari ishlab chiqildi.

Muzokaralar yakunida Yevropa tomoni O‘zbekistonni HORTECga a’zo bo‘lishga chaqirdi. Bu borada yaqin fursatda zarur tartib-qoidalar ishlab chiqiladi. O‘z navbatida, elchi Yevropa mehmonxonalar, restoranlar va kafelar assotsiatsiyasi vakillarini mamlakatimizda o‘tkaziladigan “FoodWeek & Horeca Uzbekistan 2019” xalqaro oziq-ovqat va qadoqlash mahsulotlari ko‘rgazmasiga taklif etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonni Yevropa mehmonxonalar, restoranlar va kafelar assotsiatsiyasiga taklif qilishdi