3 692
Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan tantanali marosimdagi nutqi
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan tantanali marosimdagi nutqi Prezidentning rasmiy saytida eʼlon qilindi.
«Assalomu alaykum, muhtarama opa-singillar!
Hurmatli doʻstlar!
Bugun mana shunday dilbar, qutlugʻ bahor ayyomida siz, munis onalarimiz, hurmatli opa-singillarimiz, suluv qizlarimizni oʻzlaringiz kabi goʻzal bayramingiz — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Sizlarning timsolingizda butun Oʻzbekiston xotin-qizlarini tabriklab, barchangizga chuqur hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarimni bildiraman.
Qadrli yurtdoshlar!
Hammamiz yaxshi tushunamiz, “Mehr — hayotning ustuni”, degan soʻzlarda chuqur maʼno va mazmun mujassam.
Bu haqda gapirganda, muqaddas ona, ayol zoti — chinakam mehr bulogʻi, mehr quyoshi, desak, har tomonlama toʻgʻri boʻladi. Shu quyosh bor ekan, mehr-oqibat, ezgulik va adolat, vafo va sadoqat kabi buyuk qadriyatlar necha asrlardan buyon bezavol yashab kelmoqda.
Shu bois bugungi quvonchli ayyomda avvalo dunyoda “fidoyi” degan soʻzga eng munosib boʻlgan Ona siymosi oldida taʼzim qilamiz. Hayotimiz quvonchi, xonadonlarimiz koʻrki boʻlmish aziz ayollarimiz shaʼniga eng goʻzal tilaklarimizni izhor etamiz.
Yer yuzida soʻz va soz sanʼati, shoiru hofiz, rassom va haykaltarosh paydo boʻlibdiki, ona va ayol zoti yuksak pardalarda tarannum etib kelinadi. Ulugʻ shoirimiz Erkin Vohidov aytganlaridek, “Olamda ayol madhiga doston tugamaydi”. Chunki, ayol siymosi Yaratganning tengsiz moʻjizasi boʻlib kelgan va hamisha shunday boʻlib qoladi.
Bizga mana shu yorugʻ, goʻzal olamni yanada goʻzal va yorugʻ qilib turganlaringiz uchun katta rahmat sizlarga!
Biz — Oʻzbekistonning mard oʻgʻlonlari, er yigitlari siz, azizlarga boʻlgan hurmatimiz, mehr va muhabbatimizni oilalarimiz, el-yurtimiz hayotini yanada obod va farovon qilishga qaratilgan amaliy ishlarimiz bilan izhor etishga intilmoqdamiz.
Biz xalqimiz roziligini avvalo, siz, muhtarama onalarimiz, opa-singillarimizning roziligi deb tushunamiz. Sizlarning sogʻ-salomat boʻlib, baxtli boʻlib yashashinǵizni amalga oshirayotgan barcha-barcha islohotlarimizning asosiy maqsadi va mezoni deb bilamiz. Bu yoʻlda erishgan natijalarimiz faqatgina birinchi qadamlar boʻlib, sizlarning qoʻllab-quvvatlashingiz, duolaringiz, hech shubhasiz, bizga cheksiz kuch-gʻayrat bagʻishlaydi», — deyiladi prezidentning xotin-qizlarga yoʻllagan tabrigida.
Tabrikning toʻliq matni bilan tanishish uchun ushbu havolaga oʻting. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda