18:44 / 15.03.2019
4 915

Yaqin kunlarda Ginnesc rekordlar kitobini oʻzbekistonliklar yana bir bor zabt etishi mumkin

Yaqin kunlarda Ginnesc rekordlar kitobini oʻzbekistonliklar yana bir bor zabt etishi mumkin
Ginnescning rekordlar kitobida oʻzbekistonliklar nomi yaqin bir oy ichida yana bir bor qayd etilishi mumkin.

Buning uchun oʻzbekistonlik kitobxonlardan 2019 yilning 10 aprel sanasida kitob mutolaasidagi eng koʻp tinglovchi auditoriyasini yigʻish boʻyicha oʻzidan avvalgi rekord natijani yangilashi talab etiladi. Rekord 2018 yilning 3 mart kuni Hindistonning Maxarashtra shtatida 6 ming 786 nafar kitobxon ishtirokida oʻrnatilgan.

Harakatning bevosita tashabbuskorlaridan biri boʻlgan Kun.uz jurnalistiga koʻra, mazkur rekordni yangilashga boʻlgan harakatlar Respublika yosh ijodkorlar kengashi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Jumladan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi loyihani yetarli mablagʻ bilan taʼminlaydi.

Rekord oʻrnatishga harakat kuni sifatida 2019 yilning 10 aprel kuni tanlangani bejiz emas. Aynan ushbu sana oʻzbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning tavallud kuni hisoblanadi va 2019 yilda yozuvchining 125 yilligi keng nishonlanadi. Umumiy mutolaa kitobi sifatida “Oʻtkan kunlar” romani tanlangan.

Jarayon Toshkentdagi “Xalqlar doʻstligi” maydonida oʻtishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning 8 sentabr kuni oʻzbekistonlik oshpazlar tomonidan sof ogʻirligi 7360 kilogrammli mega palov tayyorlangan hamda ushbu megapalov Ginnescning rekordlar kitobidan joy olgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yaqin kunlarda Ginnesc rekordlar kitobini oʻzbekistonliklar yana bir bor zabt etishi mumkin