23:17 / 15.03.2019
5 085

Prezident meva-sabzavotchilik sohasiga aloqador yangi qarorni imzoladi

Prezident meva-sabzavotchilik sohasiga aloqador yangi qarorni imzoladi
Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ-4239, 14.03.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq:

ixtiyoriy va pay asosida ishtirok etish tamoyillarida mustaqil va oʻzaro bogʻliq qishloq xoʻjaligi korxonalari, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining kooperatsion birlashish instituti yaratiladi;

2019-2020 yillarda tajriba-sinov tariqasida meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va sotish boʻyicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun Gʻallaorol, Zomin, Bulungʻur, Urgut, Oltiariq, Quva, Qibray va Parkent tumanlarida qishloq xoʻjaligi birlashmalari tashkil etiladi;

2020 yil 1 dekabrga qadar tajriba-sinov yakunlariga koʻra qishloq xoʻjaligi birlashmalarining kooperatsion birlashish institutini boshqa hududlarda ommalashtirish boʻyicha taklif kiritiladi.

Qishloq xoʻjaligi birlashmalariga fermer, dehqon xoʻjaliklari, tomorqa yer egalari shuningdek meva-sabzavotlik sohasida faoliyat yuritadigan jismoniy va yuridik shaxslar ixtiyoriy ravishda aʼzolik badallari kiritish yoʻli bilan (pay) aʼzo boʻlishi mumkin.

Qishloq xoʻjaligi birlashmalari vakolatlari aʼzolar tomonidan bevosita beriladigan vakolatlar taʼsis hujjatlarida belgilanadi.

Bunda qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari boshqa masalalar boʻyicha oʻz xoʻjalik faoliyatini yuritishda iqtisodiy mustaqillik va huquqiy maqomini saqlab qoladi, qishloq xoʻjaligi birlashmalari va aʼzolar oʻrtasidagi munosabatlar shartnoma asosida quriladi.

Qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yer maydonlari optimallashtirilishi va olib qoʻyilishi mumkin emas. Yer kodeksida nazarda tutilgan holatlar boʻyicha aʼzolarning yerini olib qoʻyish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi.

Qishloq xoʻjaligi birlashmalari qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va ularni almashtirish toʻgʻrisidagi qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident meva-sabzavotchilik sohasiga aloqador yangi qarorni imzoladi