20:00 / 06.04.2019
6 590

Haydar Aliyev Islom Karimov haqida nima degan edi?

Haydar Aliyev Islom Karimov haqida nima degan edi?
O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlari tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ikki qardosh xalqni til, din, mushtarak madaniyat va urf-odatlar bog‘lab turadi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyev bilan munosabatlari ham yaxshi bo‘lgani haqida manbalar mavjud. Rasmiy uchrashuvlarda esa ular bir-birini tarjimonsiz tushungani qayd etiladi. Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoat fondi Ozarbayjonning marhum Prezidenti Haydar Aliyevning Islom Karimov haqida aytgan fikrlarini e’lon qildi.
[quote]Mashhur Paxta ishi, o‘zbek ishi butun bir xalqni ta’qib qilish va uning genotsididan boshqa narsa emas edi. Men, politbyuro a’zosi sifatida, tor doirada o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashganman. Gorbachyov ko‘p hollarda O‘zbekistonda yangi aniqlangan poraxo‘rlik va korrupsiya misollarini keltirib o‘tib, aybdorlarning ismini aytardi. Markazqo‘mning kotibi Yegor Ligachyov esa O‘zbekiston SSRdagi rayon, shahar va viloyatlar rahbarlari lavozimiga tavsiya etiluvchi Rossiyaning turli hududlaridan bo‘lgan oddiy rayqo‘m instruktorlari va ispolkom ishchilari ro‘yxatini har gal taqdim etardi. O‘zbekiston mana shunday o‘ta og‘ir ahvolda edi.
Islom Karimov hali Sovet ittifoqi davridayoq mana shunday adolatsizlikka qarshi tura olib, o‘z jasoratini namoyon etolgan inson bo‘ldi./quote]
Haydar Aliyev, Ozarbayjon Respublikasining uchinchi Prezidenti

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Haydar Aliyev Islom Karimov haqida nima degan edi?