21:23 / 14.06.2019
3 428

15 iyun kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

15 iyun kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?
«O‘zgidromet» 15 iyun kuni kutiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19°, kunduzi 34-36° bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nali-shini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 15 iyun kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?