22:45 / 25.06.2019
2 559

26 iyun kuni O‘zbekistonda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

26 iyun kuni O‘zbekistonda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 26 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-22, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja, ayrim joylarda 42 darajagacha issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja, ba’zi joylarda 42 darajagacha issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 19-24, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja, ba’zi joylarda 42 darajagacha issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 19-24, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘laydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 26 iyun kuni O‘zbekistonda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi