08:15 / 25.07.2019
7 593

O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi (foto)

O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi (foto)
Global Firepower tahliliy agentligi dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Repost.

O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari qatorida 48-o‘rinni, MDH mamlakatlari armiyalari ichida esa Rossiya, Ukraina va Belarusdan so‘ng 4-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston qurolli kuchlari 2018 yil yakunlariga ko‘ra e’lon qilingan reytingga nisbatan 9 pog‘ona pastlagan, lekin shunga qaramay, armiya Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng kuchlisi deb topilgan.

Reytingning yuqori pog‘onalarini AQSh, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Germaniya va boshqa davlatlar egallagan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston qurolli kuchlari tarkibida 420 ta tank, 179 ta samolyot, 1215 ta jangovar vositalar bor. Davlat mamlakat mudofaasi uchun har yili 70 million dollar mablag‘ ajratadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi (foto)