15:11 / 31.07.2019
2 746

Shavkat Mirziyoyev Belarusga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Belarusga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 31 iyul kuni rasmiy tashrif bilan Minskka jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oliy darajadagi muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Prezidentlar Minskda O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasi va Belarus yuqori texnologiyalar parki bilan tanishadilar.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti imzolanishi hamda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni, jumladan, investitsiyalar, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik kooperatsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirishga, hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishga mustahkam asos yaratadigan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Belarusga jo‘nab ketdi