4 614
«Shamoli yetib kelyapti, shamoli!» — Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharq va Afg‘oniston haqida
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda nutq so‘zlagan prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir vakolatlari, oldida turgan vazifalariga to‘xtaldi.
«Biz yaqinda ijro organi rahbarini tayinlaymiz. U endi Toshkentda o‘tirib yig‘ilish qilmaydi, qog‘ozbozlik qilmaydi. Qog‘ozbozlik kamayadi. Umuman ijro organi ishini bosh vazirning o‘zi qilishi kerak.
Prezidentning esa o‘z ishi bor. Tashqi siyosat bor.
Yaqin Sharqdagi voqealar bizga ta’sir qilmaydi, deb o‘ylaysizlarmi? Shamoli yetib kelyapti, shamoli! Chegaralarimiz atrofida xavf ortib boryapti.
Afg‘onistondan bizga yaqin chegaralarni tozalab berishni so‘radik. Ular ham o‘zaro hamkorlik shartnomalari yuzasidan qandaydir harbiy operatsiyalar qilganday bo‘lishdi, ammo bu bilan xavfsizlik ta’minlanib qolmaydi. Biz o‘zimiz xavfsizlikni ta’minlashimiz kerak. Biz yer tagida ilon qimirlasa bilamiz. Xavf yo‘q emas, vaziyat murakkabligini yaxshi tushunib turibmiz», dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi