12:30 / 24.01.2020
2 804

Prezident: «O‘zbekistonni jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan rivojlangan mamlakatga aylantira olamiz»

Prezident: «O‘zbekistonni jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan rivojlangan mamlakatga aylantira olamiz»
O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning yangi parlamentiga murojaatnomasida to‘xtalib o‘tdi.

«Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham, bog‘chadan boshlab oliy o‘quv yurtigacha, ta’limning barcha bo‘g‘inlarini isloh qilishni boshladik. Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak. Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi», deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi to‘rtta teleradiokanal, beshta telekanal, 12 ta hududiy teleradiokompaniya, shuningdek, beshta nodavlat telekanal hamda Prezident matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilinmoqda.

Shavkat Mirziyoyev prezident sifatida 2017 va 2018 yillarda parlamentga murojaatnoma yo‘llagan. Bu yilgi murojaat tartib bo‘yicha uchinchisi bo‘lib, u yangidan shakllangan parlamentga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Tadbirda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari qatnashmoqda. Jarayonni videokonferensiya aloqa tizimi orqali xalq deputatlari tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy kengashlarga saylangan deputatlar, shuningdek, ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident: «O‘zbekistonni jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan rivojlangan mamlakatga aylantira olamiz»