Haqiqiy echki

  • Jamiyat
  • 25-05-2016, 12:15
  • 1 534
  • Haqiqiy echki

    Odamlardan charchagan Britaniyalik - yoriq tuyoqli hayvonlar podasi bilan o‘z hayotini bog‘ladi. Sog‘lom aql va mustahkam xotiraga ega britaniyalik Tomas Tveyts o‘z hayotidagi norozilikdan samarali foydalanishni istadi. Atrofdagi voqeliklardan nafratlanib va inson zotining vakili ekanligidan charchab, 33 yoshli odam 3 kun davomida echki bo‘lib yashashga qaror qildi. Alp tog‘laridagi yoriq tuyoqli echkilar bilan birgalikda sarguzashtlarni boshidan kechirgan oddiy omadsiz echki-odam shu kunlarda bunday hayot unga nimalarni o‘rgatganligi haqida kitob chiqarish harakatida yuribdi va bu kechinmalari haqida turli ko‘rsatuvlarga intervyu bermoqda hamda yangi sarguzashlarni rejalashtirmoqda.

    Яндекс.Метрика