Koreya Respublikasi hukumati “pora” iborasiga aniqlik kirituvchi qonunni qabul qildi. Uni mamlakat bosh vaziri Xvan Gyo An Vazirlar mahkamasi yig‘ilishi chog‘ida imzolagan, deya yozmoqda "Kun" nashri.
Davlat xizmatchilari to‘g‘risidagi yangi qonunga muvofiq, jurnalistlar va maktab o‘qituvchilari 50 ming vondan (45 dollarga yaqin) qimmat hadyalar olishi, restoranlarda 30 ming vondan ortiq (27 dollar) tamaddi qilishi va motam yoki bayram munosabati bilan 100 ming vondan ortiq (90 dollar) pul mablag‘i olishi taqiqlanadi. Shu bilan birga, hukumat mulozimlarining ustozlik faoliyati uchun yirik maosh to‘lanadi. Xususan, davlat mulozimi bir akademik soat ma’ruzasi uchun 500 ming von (450 dollar) oladi.
"Bu qonun Koreya respublikasida yanada demokratik va shaffof jamiyat barpo etishga imkon beradi", - deb qayd etgan Xvan Gyo An.
U, shuningdek, hukumat qonun tufayli mahalliy tadbirkorlar, birinchi galda qishloq xo‘jaligi kompaniyalariga etkaziladigan zararlarni kamaytirish uchun harakat qilishini ta’kidlagan.
Gap shundaki, Janubiy Koreyada turli tantana va bayramlarda qimmat narxdagi oziq-ovqat mahsulotlari, oliy sifatli guruch, marmar go‘sht, eksklyuziv choy kabilarni hadya qilish an’anaga aylangan. Qonunni qoralovchilarning aytishicha, ushbu hujjat mazkur mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi