22:25 / 10.04.2017
7 276

Toshkentda propiska qilishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni bittaga ko‘paydi

Toshkentda propiska qilishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni bittaga ko‘paydi
Ma’lumki, xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati idoralari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika miqyosidagi boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlangan edi.

Ushbu ro‘yxatga Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasi, Konstitusiyaviy sud, Oliy va Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Markaziy bank, vazirlik va davlat qo‘mitalari, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari singari 59 tashkilot va kompaniyalar kiritilgandi.

Hukumatning 5 apreldagi qaroriga binoan mazkur ro‘yxatga yana bir tashkilot nomi qo‘shildi, deb xabar berdi Norma.uzga asoslanib "Qalampir.uz". Endi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti o‘z xodimlarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda propiska qilishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni bittaga ko‘paydi