18:30 / 25.05.2017
6 457

Navalniy Usmonovga: “O‘zingizga ortiqcha baho bermang, siz eng muhim shaxs emassiz”

Navalniy Usmonovga: “O‘zingizga ortiqcha baho bermang, siz eng muhim shaxs emassiz”
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy o‘z videosida tadbirkor Alisher Usmonovning ikkinchi murojaatiga javob tayyorlashga va’da berdi.
Navalniyning ma’lum qilishicha, tadbirkor Alisher Usmonovda o‘zining aybsizligini isbotlovchi bironta ham hujjat yo‘q, rolikdagi stol va stakan esa isbot o‘rnini bosa olmaydi.
Shuningdek, u Usmonovdan “layklar yig‘ishni bas qilishni” so‘radi, sababi “bu unchalik yaxshi emas” ekan.
Navalniy Usmonov debatlarni rad etgani borasida ham afsusda ekanini bildirdi. “Garchi siz aniq sababni yozganingizni yuqori baholayman. “Bu debatlar rost va yolg‘on o‘rtasida bo‘lardi”, aynan shunday! Hamda kishilar sizning yolg‘onlaringizni osonlik bilan ajratib olishardi, shu sababdan siz qo‘rqdingiz”, — dedi Navalniy.
“Rossiya tepasida hozir ko‘plab korrupsionerlar bor. Men ularning barchasini tashlab, faqatgina siz bilan shug‘ullana olmayman. Garchi siz ancha yirik qallob bo‘lsangiz ham, biroq… O‘zingizga ortiqcha baho bermang, siz eng muhim shaxs emassiz. Hattoki bizning Medvedev saroylari va yaxtalari haqidagi surishtiruvimizda ham siz er mulki shaklida pora bergansiz. Bizning asosiy maqsadimiz – pora olganlardir. Ammo biz siz kabi, pora berganlarni ham jazolaymiz”, — deya aniqlik kiritdi Navalniy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navalniy Usmonovga: “O‘zingizga ortiqcha baho bermang, siz eng muhim shaxs emassiz”