Joriy yilning 19 may kuni taxminan soat 17:00 da Yunusobod tumani hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida pichoq bilan badanining ko‘p joylari sanchilib kesilgan ayol kishining murdasi topilgan.
Shuningdek, xonadondan unga tegishli bo‘lgan Samsung rusumli uyali aloqa vositasi, tilla taqinchoqlari va pullari saqlangan temir quti talon-taroj qilingani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan (qasddan odam o‘ldirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyat Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan Ali Amankulov tomonidan sodir etilgani aniqlandi.
Undan jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan 3 600 000 so‘m pul, 101 AQSh dollari, Samsung rusumli uyali aloqa telefon apparati, tilla taqinchoqlar va erkaklar qo‘l soati olingan. Hozirda Amankulovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
P.S. Yuqoridagi shaxsning anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning xar qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.
Manba: Qalampir.uz
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi