17:53 / 27.05.2017
7 904

Rossiyadagi dahshatli YTHda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lishdi

Rossiyadagi dahshatli YTHda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lishdi
Rossiyaning Orenburg shahri Novosergiev tumanida bugun, 27 may kuni mahalliy vaqt bilan tonggi soat 05:00 larda halokatli YTH sodir bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘ziga tegishli bo‘lgan VAZ rusumidagi avtomobilni boshqarib ketayotganda tuproq yo‘lda nazoratni yo‘qotib, chuqurlikka ag‘darilib ketgan.

YTH natijasida 52 yoshli haydovchi va uning turmush o‘rtog‘i voqea joyida vafot etgan. Avtomobilda bo‘lgan yana bir yo‘lovchi jiddiy jarohat olish tufayli shifoxonaga etkazilgan.

FVV hamda YPX xodimlari hozirda mudhish voqea sodir bo‘lgan joyni o‘rganib chiqishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyadagi dahshatli YTHda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lishdi