Bugun, 18 avgust kuni ertalab Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» va «j» bandlarida (ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi M.Musaev ushlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi saytida xabar berildi, deb yozmoqda «UZ24» nashri.
Sud tomonidan M.Musaevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi extiyot chorasi qo‘llanildi.
Bundan avval joriy yilning 15 avgust kuni viloyat prokuraturasi tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani «Turobobod» mahallasi Turkiston ko‘chasi 15-uyda M.Komilov (1938 y.t.), Sh.Komilova (1951 y.t.) va Sh.Abdievalarning (1967 y.t.) qasddan o‘ldirilganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha M.Musaevga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi.
Jinoyat mazkur mahallada o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi orqali yozib olingan videotasvir yordamida fosh etilgan.
Hozirgi vaqtda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi