"Yerkin Qaraqalpaqstan" nashrida odamlarni aldovchilik yo‘li bilan laqillatib kelgan firibgar haqida ma’lum qilindi, deb yozmoqda Kruz.uz.
Z.U. qishloqdoshi bo‘lgan M.B.dan ukasini to‘yi uchun 10 million so‘m, kredit olish niyati ekanini aytib 2 ming AQSh dollari va undan keyin yana 4 million so‘m pullarni oladi hamda o‘z maqsadi yo‘lida ishlatib yuboradi.
Bundan tashqari Z.U. nukuslik A.A.dan ham shu taqliddagi aldovlari bilan 34 million 139 ming so‘m pullarini olib, turli maqsadlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
Shundan so‘ng Z.U. Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi J.Yu.dan maishiy texnika vositalarini tez kunda sotib berish maqsadida 19 turdagi 70 million 378 ming so‘mlik buyumlarini olib sotib yuboradi. Shu tariqa J.Yu ham “uxladi”.
Bu bilan qanoatlanmagan Z.U. Toshkent shahri, Uchtepa tumanida yashovchi tanishi M.I.ga bitta korxonaga 100 million so‘m pul o‘tkazib bersa, arzon bahoda maishiy texnika vositalarini olib berish va’dasi bilan pulni o‘tkazib olgan. Shu tariqa u ham “uxlatilgan”.
Jabrdiydalardan kelib tushgan murojaatlar natijasida Z.U.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u sud oldida qonuniy tarzda tegishli jazoga tortilgani aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi