Toshkent aeroporti xavfsizlik choralari va talablariga amal qiladigan eng yaxshi alohida muhim ob’ekt deb tan olindi.
Har ikki yilda “O‘zbekiston Respublikasidagi alohida muhim ob’ektlar xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyaning tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash to‘g‘risidagi Nizomi” asosida, respublikadagi shu toifaga mansub ob’ektlar o‘rtasida muayyan nominatsiyalar bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.
2017 yil dekabr oyida o‘tkazilgan navbatdagi tanlovda Islom Karimov nomidagi “Toshkent” Xalqaro aeroporti “Xavfsizlik choralari va talablariga amal qiladigan eng yaxshi alohida muhim ob’ekt” nominatsiyasida g‘olib, deb tan olindi.
Respublika idoralararo komissiyasining yig‘ilishida g‘oliblarga taqdim etiladigan Kubok va Sertifikat “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasiga tantanali ravishda topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi