Internet olamida «Yoshlar» telekanali tomonidan tayyorlangan lavha katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Unda arzimas sabablarga ko‘ra ajrashib ketayotgan oilalar muammosi ko‘tariladi. Videolavhaning eng qiziq qismi ayrim yoshlarning unashtirilib, FHDYoda nikohni rasmiylashtirib, to‘yga qadar ajrashib ketgani bo‘ldi.
Ayniqsa bo‘lajak kuyovning Turkiyada ishlab chiqarilgan sarpolar o‘rniga o‘zimizda tayyorlangan kiyimlar jo‘natishgani uchun onasi bilan birga to‘yni to‘xtatgani, o‘zi xohlagan sarpolarni jo‘natishmagani uchun kelin tomonni «pastkashlar» deb atagani e’tiborga molik.
Lavhada kelin tomonni pastkash deya baholagan «g‘ururi baland» yigitning yuzi yashirilgan.
Tabiiyki, virtual olamning aksariyat foydalanuvchilari yigitning bu ishini qattiq qoralaganlar. Ammo bu holatni, ya’ni yigitning bemalol intervyu berishini sahnalashtirilgan, deya baholaganlar ham anchagina.
Mazkur videolavhani quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin. (Videolavha ovozini eshitish uchun sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ovozni yoqish rejimiga o‘ting) “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi