Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Toirovich Mirzayev lavozidan ketdi. Bu haqda «KUN.UZ» ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Zoyir Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimini saqlab qolgan.
Zoyir Mirzayev 2016 yilning kuzida Shuhrat Teshayev o‘rniga Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri bo‘lgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, vazirlik ikkiga ajratilgan: Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi.
Endilikda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Namangan viloyatining sobiq hokimi Bahodir Tursunovich Yusupov rahbar etib tayinlangan.
2009-2015 yillarda Namangan viloyatini boshqargan Bahodir Yusupov shu kunga qadar O‘zbekiston fermerlari Kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi