Toshkent ichki ishlar organlari tizimidagi o‘zgarishlar ular nufuzini va aholi bilan munosabatlarini yaxshilaydi, dedi O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Toshkent IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev shanba kuni birinchi marta o‘tkazilgan jurnalistlar bilan ochiq muloqotda.
«Haqiqatdan ham, aytish mumkinki, aholi va ichki ishlar organlari o‘rtasida qandaydir to‘sqinlik bor, — dedi Rustam Jo‘rayev aholining ichki ishlar organlariga nisbatan munosabati to‘g‘risidagi savolga javob qaytarar ekan. — Biz huquqbuzarlarga qarshi kurashdik, ammo xalq bilan muloqot, to‘g‘ri munosabatlar e’tiborsiz qoldirildi. O‘ylaymanki, bu katta kompleks muammo, uni har tomonlama o‘rganish zarur».
«Ichki ishlar organlari xodimlari o‘z vazifasini halol, adolatli va qonun doirasida bajarishi va odamlarning muammolari bilan yashashi lozim», — deya ta’kidladi u.
Rustam Jo‘rayev hozirda huquqni muhofaza qilish xizmatlari obro‘sini yaxshilash bo‘yicha ulkan ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi. U yaqin vaqtlarda fuqarolar ular ishidagi o‘zgarishlarni his etishlariga va’da berdi.
«Odamlar ichki ishlar organlari, yo‘l-patrul xizmatlari xodimlari o‘z majburiyatlarini qorda ham, saratonda ham ado etishlariga ko‘nikishgan. Ehtimol, ularga fuqarolar bilan muloqotda xayrixohlik yetishmayotgandir. Odamlar bizga himoyachilar sifatida qarashlari kerak. Biz sheriklik darajasini oshirishimiz kerak», — dedi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari.
«Biz hatto huquqbuzarlar bilan ham xushmuomala bo‘lishimiz kerak, ular baribir qonun oldida javob berishadi. Biz ijrochilarmiz. Agarda ular xato qilishgan bo‘lsa, tushuntirish kerak. Jazoni sud tayinlaydi, huquqbuzar qonun oldida javob berishi kerak, bizning oldimizda emas. Buni ichki ishlar organlari xodimlari ham tushunishlari kerak», — deya ta’kidladi Rustam Jo‘rayev.
Manba: gazeta.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi