Foto: “Gazeta.uz”
22 martdan yozgi mavsum uchun “Toshkent-Bishkek-Baliqchi-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l aloqasi ishga tushirildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmatidan «Gazeta.uz"ga xabar qilinishicha, Issiqko‘l qirg‘og‘igacha haftaning payshanba kunlari Toshkent Markaziy vokzalidan 20:50 da yo‘lga chiqiladi.
Yo‘lga 25 soatu 39 daqiqa sarflanadi. Bishkekka poyezd 16:03 da yetib boradi, Baliqchi posyolkasiga esa — 22:29 da. Toshkentga poyezd shanba kuni 1:59 da otlanib, yakshanba kuni 5:30 da poytaxtga yetib keladi.
300 yo‘lovchiga mo‘ljallangan poyezd birinchi sinf (CB), 5 kupe, 2 ta plaskart va vagon-restoranni o‘z ichiga oladi.
Issiqko‘l bilan temir yo‘l aloqasini o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuv Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning Toshkentga tashrifi vaqtida imzolangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi