O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Abdusalom Shodmonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zMTRK raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Abdusalom Shodmonov joriy yilning 13 aprel kuni ishdan bo‘shatildi. Ayni paytda bunga nima sabab bo‘lgani oshkor etilmayapti.
Kun.uz axborot manbasi tanishib chiqqan hujjatda Shodmonovning lavozimdan bo‘shatilishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan tasdiqlangani aytiladi. Kompaniya rasmiy saytida esa rahbariyatdagi o‘zgarish haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, O‘zMTRKda qisqa muddat ishlagan Xurshid Mirzohidov o‘tgan yilning 2 avgust kuni teleradiokompaniya rahbarligidan ketgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, uning o‘rniga 12 yil davomida televideniyega rahbarlik qilgan Alisher Xo‘jayev tayinlangani ma’lum bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi