06:30 / 02.06.2018
4 629

2017 yilda oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari qanday o‘tgan edi? (video)

2017 yilda oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari qanday o‘tgan edi? (video)
“O‘zbekiston” telekanali orqali namoyish eitladigan “Munosabat” ko‘rsatuvining bu galgi sonida oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan va bo‘lib o‘tadigan test sinovlari keng muhokama qilindi.

2017 yilda oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari qanday o‘tdi? Auditoriyada shpargalka, mobil telefon va boshqa vositalardan foydalanildimi? Nazoratchilarga pul yig‘ib berish holatlari ro‘y bo‘ldimi? Test sinovlari bilan qanday muammolar mavjud. Bu borada o‘tgan yili test sinovlarida qatnashgan va guvohi bo‘lgan abituriyentlar so‘zlab berdi. Uni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.

Shuningdek, ko‘rsatuvda ishtirok etgan adabiyotshunos Omonulla Madayev ham test sinovlaridagi “bunkerlar” haqida alohida to‘xtaldi. Uni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.

"Bu yerda ko‘p munozaralar bo‘layapti. Lekin kimdir auditoriyalarda telefonlarni nazorat qildim deb aytdi.

O‘qituvchi 10 dollardan pul yig‘ib olibdi. Hamma bolalar yig‘ib berishgan, keyin telefondan bemalol foydalanishgan. Bu gadoychilik emasmi? Bu o‘qituvchilik sha’niga uyatli isnod, dahshatli fojea emasmi?

Hozir gapiraverasizlar. Lekin eng oliy darajadagi abituriyent o‘zining oliy darajadagi ishini qilaveradi.

Men 1966 yildan beri qabulda ishlaganman. 1990 yildan keyin 30 yil davomida repetitorlik bilan shug‘ullandim. Yodingizda bo‘lsin, puxta tayyorlangan, bilimi kuchli o‘quvchi albatta o‘qishga kiradi.

Ammo istalgan joyda o‘z manfaatini ko‘zlaydigan, odamlar bor. “Bunker” deyapsizlar. “Bunker” — katta xo‘jalik u. “Bunker”da bir kun ishlagan bitta o‘qituvchi 500dan 1000 dollargacha pul oladi. “Bunker”da yotadigan joyi bo‘ladi, ovqatlanadigan joyi bo‘ladi. Buni rektorat bilmasa, kim qiladi bu narsani?

Qachonkim Prezidentimizning qarori ishga tushsa, test sinovlarida 70-80 foiz shaffoflik ta’minlanadi".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2017 yilda oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari qanday o‘tgan edi? (video)