19:52 / 18.07.2018
3 938

Sho‘rchilik "soxta advokat" ushlandi

Шўрчилик "сохта адвокат" ушланди
Curxondaryo viloyati Denov tumanidagi Tasmasoy mahallasida yashovchi Mamasoli Nurqobilov 69 yoshida Haj safariga boraman, deb firibgarning girdobiga ilindi.

Sho‘rchi tumanidagi Besh yillik mahallasida yashovchi 57 yoshdagi Soli Boybo‘sinov (ism-shariflar o‘zgartirildi) otaxonni Haj safariga yuborishni quyuq va’da qilib, joriy yilning 5 mayidan 5 iyun kunigacha naqd 15 million so‘m pulini o‘zlashtirib ketgan. Bu haqda Mamasoli bobo tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat etgach, Soli Boybo‘sinovning boshqa “xurmacha qiliqlari” ham ma’lum bo‘lib qoldi. U Sho‘rchi tumanidagi Bunyodkor mahallasida yashovchi 31 yoshdagi Go‘zal Jobirovaga shu yil may oyida o‘zini advokatman, deb tanishtirib, sobiq turmush o‘rtog‘ining nomida bo‘lgan uyni “xamirdan qil sug‘urgandek” rasmiylashtirib berishga ishontirgan.

Natijada Denov tumanidagi “Bobodehqon” oziq-ovqat bozori hududida G.Jobirovaning ikki million 300 ming so‘m pulini olib, juftakni rostlagan.

Ayni paytda Soli Boybo‘sinovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi, 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sho‘rchilik "soxta advokat" ushlandi