22:09 / 18.08.2018
4 540

Sodiq o‘zbek farzandining Vatanga muhabbati

Sodiq o‘zbek farzandining Vatanga muhabbati
Hammamiz ham tug‘ilgan makonimizni bir umr ulug‘laymiz. Vatanga nisbatan ko‘nglimizda iliq bir tuyg‘u har doim bo‘y ko‘rsataveradi. Bu borada fransuz faylasufi Volterning “Vatanga bo‘lgan muhabbatim meni xorijiylar yutug‘idan ko‘z yumishga majbur qilmaydi. Aksincha, Vatanga muhabbatim qanchalik kuchli bo‘lsa, Vatanimni jahondagi g‘aznalar bilan yanada shunchalik boyitgim keladi” kabi ta’rifi maqolamiz qaxramoni o‘y-xayollari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa ajab emas.

So‘ngi yillarda xalqimiz farovonligi, yurtimiz ravnaqi uchun Davlat Raxbari tomonidan ulkan islohotlar olib borilayotganligi barchamiz yaxshi kayfiyat, kuchimizga kuch qo‘shmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi, albatta. U kishining sa’y-harakatlari bilan har jabhada quvonarli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ilm-fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, turizm va sport sohalarida sezilarli darajada yangilanishlar kuzatildi.

Prezident tashabbusi bilan yurtimizga chet davlatlardan investorlar jalb qilinayotganligini olib borilayotgan islohotlarni barqaror amalga oshirishga kata ko‘mak bo‘lmoqda. Shunday investorlar orasida o‘zini o‘zbekligidan g‘ururlanib yashaydigan Alisher Usmonov Burxanovichning ham borligi o‘zbek xalqining fahri desak hato bo‘lmaydi. E’tiborlisi shundaki Alisher aka Usmonov O‘zbekistonning turli sohalariga homiylik xayriya mablag‘larini kiritib, o‘zining chinakam vatan o‘g‘loni ekanligini isbotlamoqda.

Xalqimiz orasida “agar inson o‘zining vatanparvarligini madh etib dunyoga jar solsa u inson unchalik ham vatanparvar emas” qabilidagi tarbiyaviy gaplar juda ham ko‘p uchraydi. Lekin A.Usmonovning biror-joyda men “vatanparvarman” degan so‘zni uchratmaysiz. U insonning chin vatanparvarligini mamlakatimizda davom etayotgan ulkan qurilishlarga beg‘araz yordamidan sezish mumkin.

Xususan, Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida tashkil etilayotgan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent Islom taraqqiyot markazi qurilishlariga, shuningdek, Buxorodagi tarixiy obidalarni qayta ta’mirlash uchun jami 100 mln dollardan ortiq hayriya mablag‘larini ajratganligi chinakam o‘zbek farzandi ekanligidan dalolatdir. Asli o‘zbeklarning g‘ururi bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov superzamonaviy turistik majmua – “Qadimiy Buxoro” loyihasida beg‘araz homiylik sharti bilan ishtirok etishi barcha o‘zbeklar uchun o‘rnak bo‘lsa arziydi.

Har ko‘ngilning o‘z aziz tushunchalari, ardog‘iga, mehru-muhabbatiga munosib joylari bo‘ladi. Mana shu muqaddas zamin – Vatan tuyg‘usi har bir ko‘ngilda mujassam desak yanglishmaymiz. Inson o‘zi tug‘ilib o‘sgan maskani, uning tanti, mehnatkash, jafokash xalqiga nisbatan hamisha samimiy munosabatda bo‘lgan. Bu bejiz emas albatta.

Zero, tug‘ilib o‘sgan diyor har birimiz uchun muqaddas sajdagohdir.
Shokir Sa’dullayev,
“Dunyo o‘zbeklari” redaksiya pochtasidan

Manba: Darakchi.uz


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sodiq o‘zbek farzandining Vatanga muhabbati