5 525
Shavkat Mirziyoyevning keyingi ikki oy ichidagi tigʻiz uchrashuvlar grafigi maʼlum boʻldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 sentyabr kuni Qirgʻizistonga amaliy tashrif bilan boradi. Prezident Qirgʻizistonning Choʻlpon-ota shahrida oʻtadigan Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyevning sentyabr oyidagi safarlari shu bilan yakunlanmaydi. Prezident 27-28 sentyabr kunlari Dushanbeda boʻlib oʻtadigan MDH davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammiti ishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Tojikistonga borishi kutilmoqda.
Qisqa muddat ichida, yaʼni 2 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Hindistonga joʻnab ketadi. Soʻngra, 9-10 oktyabr kunlari Oʻzbekiston prezidenti Fransiyada prezident Emmanuel Makron bilan oliy darajadagi uchrashuvda ishtirok etadi.
Toshkent 5 sentyabr kuni Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisining rasmiy tashrifiga tayyorgarlik koʻrmoqda. 13-14 sentyabr kunlari esa Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Oʻzbekistonga keladi. Oktyabr oyida davlat tashrifi bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Toshkentda boʻlishi va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi belgilangan.
Amalga oshirilgan tashriflar ichida Qozogʻistonga 6 marta borgan Shavkat Mirziyoyev shu paytgacha Rossiyaga 4 marta tashrif buyurgan. Shuningdek, Turkmanistonga ham 4 marta tashrif amalga oshirilgan, bundan tashqari AQSH va Xitoy davlatlariga ikki martadan borilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi