Shu yilning 12 sentyabrida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat olib borayotgan masjidlar imom-xatiblari, diniy taʼlim muassasalari rahbar xodimlari ishtirokida video-selektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda “yurtimizdagi tinchlik xotirjamlikni qadriga yetish, hozirgi kunda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni keng xalq ommasiga yetkazish hamda imom-xatiblarning oldida turgan dolzarb vazifalar, eʼtibor qaratish kerak boʻlgan jihatlarga alohida urgʻu” berilgan. Bu haqda Turon24 xabar bermoqda.
VVS Oʻzbek xizmatiga majlisdan sizdirilgan audioyozuvga koʻra, yigʻilishda imomlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati ham muhokama qilingan.
Xususan, Yunusobod tuman bosh imom-xatibi Rahmatulloh qori Sayfuddinov imomlarni Facebookʻda faollik koʻrsatishga chaqirgan.
“Men sizlarning qatoringizdagi oddiy imom sifatida gapirmoqchiman. Ijtimoiy tarmoq, xohlaymizmi-yoʻqmi, ob-havoga taʼsir qilyapti. Ijtimoiy tarmoqda gʻarazli fikr bildiruvchilar soni, adadi sanoqli, 10-20 tadan oshmaydi. Ammo bizning sonimiz 5 mingga yetyapti. Nima uchun gʻaraz niyatlilar rahbarimizni, muftiy hazratimizni yoki biror imomimizni istagancha tanqid qilsa, biror-bir imom fikr bildirmaydi? 5 mingtamiz-ku axir! Nimaga?”, degan Rahmatulloh qori Sayfuddinov.
“5-6 ta gʻarazgoʻy yomon fikr yozsa, nega 200 ta imom chiqib, ularni koʻmib tashlamaymiz” deya taʼkidlaydi imom. Uning aytishicha, imomlarning 90 foizi ijtimoiy tarmoqlarda mavjud boʻlsa ham, unda yetarlicha faollik koʻrsatishmaydi.
Shuningdek, OʻMI raisi, muftiy Usmonxon Alimov prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat bilan chiqqan toshkentlik imom Fazliddin Parpiyevni “noshukurlik”da ayblagan. Muftiyning aytishicha, bu imom rahbariyat bilan maslahatlashmay, oʻz bilganicha minbarda chiqish qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi