Kecha, 15 sentyabr kuni poytaxt hokimligida navbatdagi “Investorlar kuni”da INTER AVIASERVIS asoschisi Jahongir Fayzullayev Toshkentda yangi aviakompaniya ochish taklifini ilgari surdi. Bu haqda “Xalq soʻzi“ manbasida yozildi.
Maʼlum boʻlishicha, tadbirkor koʻp yillar davomida avialaynerlar bozorini oʻrganib, chiptalarni sotish, parvozlar va yoʻnalishlar sonini oʻrganib chiqqan. Uning soʻzlariga koʻra, xorijiy kompaniyalar bilan A-320 va A-321 samolyotlari lizingi boʻyicha shartnomalar mavjud.
“Mazkur taklif bildirilgan tadbirda bu safar Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxoʻjayev ishtirok etgan. Ular taqdim etilgan 40 dan ortiq loyihalar bilan tanishib chiqishgan. Mazkur loyihalar ijtimoiy soha obyektlari, xususan zamonaviy mehmonxona, kutubxona, tibbiyot markazlari, savdo va koʻngil ochar maskanlar, koʻp qavatli avtoturargohlar hamda yangi uy-joy komplekslarini barpo etishni koʻzda tutadi”, – deyiladi xabarda.
Yana shunisi maʼlumki, Jahongir Ortiqxoʻjayev aviakompaniya tashkil etishni rejalashtirgan investor taklifini qoʻllab-quvvatlab hokimiyatdan barcha zarur koʻmak berilishini taʼkidlagan.
Maʼlumot uchun aytish kerakki, uchrashuvda taqdim etilgan loyihalarning umumiy qiymati 5 trillion soʻmdan ziyod boʻlib, ularning amalga oshirilishi 10 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratilishini taʼminlaydi. Tadbirda loyihalarning qariyb 90 foizi maʼqullandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi