Kuni kecha Surxondaryo viloyatida “Surxon” (Termiz) professional futbol klubini qayta tiklash masalasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, viloyat futbol federasiyasi, “Surxon” ( Termiz) professional futbol klubi, “Neftchi” (Jarqo‘rg‘on) futbol klubi rahbarlari, murabbiylar, shahar va tuman hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari hamda boshqa mutasaddi muassasalar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi, deb yozadi Qalampir sayti.
Yig‘ilishni viloyat hokimi, viloyat futbol federasiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov olib borar ekan, federasiya faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, bugungi kunda futbol ommaviyligini oshirish va rivojlantirish, professional futbolning moddiy-texnik bazasini shakllantirish bo‘yicha mavjud muammolar ta’kidlab o‘tildi.
Yig‘ilishda, 2016 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, o‘tish turnirida munosib qatnashgan “Neftchi” jamoasi birinchi ligaga yo‘llanma olgan bo‘lsa-da, uy uchrashuvlarni o‘tkazish uchun Jarqo‘rg‘on tumanida yaratilgan shart-sharoitlar, sport bazasi va stadioni O‘zbekiston Professional futbol ligasi talablariga javob bermasligi qayd etib o‘tildi.
Shu tufayli viloyat hokimligi viloyat futbol federasiyasi va “Neftchi” futbol klubi rahbariyati bilan kelishilgan holda mamlakat birinchi ligasida 2017 yilgi mavsumda “Surxon” (Termiz) professional futbol klubi qatnashishi ma’lum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi