07:51 / 12.02.2017
5 555

«Real» safarda «Osasuna»ni qiyinchilik bilan mag‘lubiyatga uchratdi

«Real» safarda «Osasuna»ni qiyinchilik bilan mag‘lubiyatga uchratdi

Ispaniya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan «Osasuna» – «Real Madrid» uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Dramatik ruhda kechgan uchrashuvda madridliklar qiyinchilik bilan g‘alabani qo‘lga kiritdilar, deb yozadi Fut.uz sayti.

Uchrashuvning 24–daqiqasida Karim Benzemaning to‘p uzatishidan so‘ng Krishtiano Ronaldu jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 33-daqiqada Serxio Leon muvozanatni tikladi. O‘yinning 62–daqiqasida Isko hisobni 1:2 ko‘rinishiga keltirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqada Lukas Vaskes madridliklarning o‘yindagi uchinchi goliga mualliflik qildi.

Aytish joizki, «Qirollik klubi» g‘alabani osonlikcha qo‘lga kiritmadi. Ikkinchi bo‘limda madridliklar darvozasi yaqinida ko‘plab vaziyatlar yuzaga keltirildi, biroq mezbonlarning omadsizligi va Keylor Navasning mahorati «Real»ni goldan saqlab qoldi. Bu qaymoqranglilarning 22 noyabrdan beri mehmonda qozonilgan ilk g‘alabalari bo‘ldi. Bungacha «Real» ketma-ket to‘rtta safar uchrashuvlarida g‘alaba qozona olmagan.

Shu tariqa ushbu o‘yindan so‘ng «Real»ning ochkolari 49 taga etdi va ular musoboqa jadvalida peshqadam bo‘lib turibdilar.

Ispaniya chempionati, 22-tur

Osasuna – Real Madrid 1:3 (1:1, 0:2)

Gollar: 0:1 – 24 Ronaldu, 1:1 – 33 Leon, 1:2 – 62 Isko, 1:3 – 90(+3) Vaskes.

Osasuna – Sirigu, Fuentes (Klerk, 53), Vuyadinovich, Bonnin (Garsiya Subiriya, 15), Berenger, Sanxurxo, Tensa (Loe, 61), Chaushich, Romero, River, Leon.

Real Madrid – Navas, Danilo (Xames, 57), Varan, Nacho, Ramos, Kazemiro, Modrich, Isko (Kovachich, 88), Marselo, Ronaldu, Benzema (Vaskes, 72).

Ogohlantirishlar: Fuentes (10), Modrich (28), Tensa (37), Xames (61), Chaushich (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» safarda «Osasuna»ni qiyinchilik bilan mag‘lubiyatga uchratdi