23:08 / 27.03.2017
5 416

Xorxe Fossati: O‘zbekistonga g‘alaba qozonish uchun kelganmiz

Xorxe Fossati: O‘zbekistonga g‘alaba qozonish uchun kelganmiz
JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Qatar uchrashuvidan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida qatarliklar ustozi Xorxe Fossati va yarim himoyachi Hassan al-Haydos o‘z fikrlarini bildirdi.

“Guruhdagi har bir o‘yin qiyin sanaladi. O‘zbekistonni hurmat qilamiz, lekin albatta, g‘alaba qozonish uchun bu erga kelganmiz. Toshkentdagi avvalgi natijalar shunchaki raqamlar va statistika. To‘g‘ri, Qatar safarda O‘zbekistonning yutmagan, ammo jratag yangi o‘yin bo‘ladi va yangi sahifa yaratish qo‘limizdan keladi.

Raqib tarkibida kuchli futbolchilar bor. Ha, Rashidov va Abduxoliqov Qatar ligasida o‘ynaydi, ammo biz ham ularni kuzatib boramiz. Qatar tarkibida ham kuchli futbolchilar bor.

O‘zbekiston terma jamoasi tartibli o‘yin ko‘rsatadi. Jamoa doim reja va strategiya asosida harakat qiladi. O‘zbekiston terma jamoasining Suriyaga mag‘lub bo‘lgani kutilmagan holat, deya olmayman. Yuqorida aytib o‘tganimdek, har bir o‘yin qiyin, oson bellashuvning o‘zi yo‘q. Agar Suriya katta hisobda O‘zbekistonni yutganida, mana bu men uchun hayratlanarli bo‘lardi”, – dedi Fossati.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Qatar uchrashuvi ertaga, 28 mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tkaziladi. O‘yin 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xorxe Fossati: O‘zbekistonga g‘alaba qozonish uchun kelganmiz