15:19 / 14.04.2017
4 968

Ronaldu «Real»ga o‘z minnatdorligini bildirdi

Ronaldu «Real»ga o‘z minnatdorligini bildirdi
“Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu EChL bahslarida 100ta gol urgan ilk futbolchi bo‘lganidan xursand ekanligini bildirib, bu haqda o‘z taassurotlarini bildirib o‘tdi, deb yozadi Uff.uz sayti.

“Evrokuboklarda 100ta gol urish katta sharaf. “Bavariya”ga qarshi o‘yin men uchun muhim kun bo‘ldi va muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik.

Bundan mamnunman. “Real”ga ajoyib faoliyatimni yaratishda imkoniyat bergani uchun minnatdorlik bildiraman. Shuningdek, jamoadoshlarimga ham. Klub, hamkasblarga va muxlislarga raxmat”, – deydi Ronaldu.

“EChLda birinchi gollarimni urganimda bunday natijaga erishaman deb o‘ylamagan edim. Garchi bunga erishish qiyin bo‘lgan bo‘lsada, men uchun sharaf. Juda baxtliman”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu «Real»ga o‘z minnatdorligini bildirdi