05:12 / 05.05.2024
75

La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)

La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 4 may, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Real” o‘zida “Kadis”ni qabul qildi va 3:0 hisobida zafar quchdi. Birinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa Braim Dias, Jud Bellingem va Xoselular o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

“Barselona” esa Kataloniya derbisida “Jirona”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 3-daqiqasida Kristensen hisobni ochdi. Oradan 1 daqiqa o‘tar-o‘tmas Dovbik hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bo‘lim oxirida esa Robert Levandovski penaltidan unumli foydalanib, “ko‘k-anorranglilar”ning ustunligini ta’minladi.

Ikkinchi bo‘limda “Jirona” “qo‘shdi” va ketma-ket ikkita gol urdi. Dastlab 65-daqiqada Portu muvozanatni tikladi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Guterres jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 75-daqiqada esa “Jirona” yana bir bor darvozani ishg‘ol qildi. Bu safar ham Portu o‘z hisobiga gol yozdirdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Jirona” 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Shu tariqa “Real” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan:

Skrin: Sofascore
“Real” — “Kadis” 3:0
Gollar
: 1:0 – 51 Braim Dias, 2:0 – 68 Bellingem, 3:0 – 90+3 Xoselu.
“Real Madrid”: Kurtua, Karvaxal, Nacho, Militao, Fran Garsiya, Modrich, Sebalos, Kamavinga (Valverde, 80), Braim Dias (Vinisius Junior, 73), Gyuler (Bellingem, 66), Xoselu.
“Kadis”: Ledesma, Saldua (Karselen, 66), Fali Ximenes, Viktor Chust, Xavi, Navarro (Alexo, 84), Aleks Fernandes (Pires, 66), Alkaras, Eskalante, Ramos (Xuanmi, 75), Sobrino (Maksi Gomes, 75).
Ogohlantirish: Saldua (38).

“Jirona” — “Barselona” 4:2
Gollar
: 0:1 – 3 Kristensen, 1:1 – 4 Dovbik, 1:2 – 45+1 Levandovski (penalti), 2:2 – 65 Portu, 3:2 – 67 Migel Guterres, 4:2 – 74 Portu.
“Jirona”: Gassaniga, Erik Garsiya, Blind, David Lopes (Portu, 65), Migel Guterres, Aleish Garsiya, Errera, Martin, Sigankov (Yan Kouto, 65), Savio, Dovbik.
“Barselona”: ter Stegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Joau Kanselu, Serji Roberto, Kristensen (Pedri, 69), Romeu, Ferran Torres, Gundo‘g‘an, Lopes (Rafinya, 69), Yamal, Levandovski.
Ogohlantirishlar: Kunde (28), Arauxo (39), Serji Roberto (43).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)